Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 202–209-betlar
ADVOKATLAR INTIZOMIY JAVOBGARLIGI TUSHUNCHASI VA AHAMIYATI
Haydarova, Munisa
DOI: 10.5281/zenodo.20537002 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqola advokatlarning intizomiy javobgarligi institutini uning tarixiy rivojlanishi, huquqiy tabiati va amaliy ahamiyati nuqtai nazaridan kompleks tarzda o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada intizomiy javobgarlikning umumiy huquqiy ta'rifi ochib berilgan va u yuridik adabiyotlardagi turli yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Xususan, rossiyalik olimlar M.A.Jenina, Ye.O.Busurina va V.V.Zaborovskiy hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilarning ta'riflari qiyosiy tarzda ko‘rib chiqilgan. Maqolada advokatlarning intizomiy javobgarligi jinoiy, fuqarolik va ma'muriy javobgarlikdan farqlovchi belgilari aniqlangan, uning profilaktik, himoya, tarbiyaviy va tiklash funksiyalari tavsiflab berilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu institutning qonunchilik asoslari — Konstitutsiya, “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun hamda malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlar — tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar (AQSh, Estoniya, Rossiya) tajribasi ham tadqiq etilgan. Maqola advokatlik intizomiy javobgarligining fuqarolar manfaatini himoya qilish, kasb etikasini saqlash va huquq tizimi adolatliligini ta'minlashdagi muhim o‘rni haqidagi xulosalar bilan yakunlanadi..
advokat, intizomiy javobgarlik, kasb etikasi, advokatura, malaka komissiyasi, advokatlik siri, yuridik javobgarlik..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.