Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 101–104-betlar

DAKTILOSKOPIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI, RIVOJLANISH TARIXI VA ZAMONAVIY KRIMINALISTIKADA QO‘LLANILISH ISTIQBOLLAR

Qirg‘izboev, Ma’rufjon

DOI: 10.5281/zenodo.20566793 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada kriminalistikaning eng an’anaviy va ishonchli tarmoqlaridan biri bo‘lgan daktiloskopiyaning vujudga kelishi, ilmiy-nazariy poydevorlari hamda uning evolyusion rivojlanish tarixi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda barmoq izlarining individualligi, o‘zgarmasligi va tiklanuvchanligi kabi fundamental xususiyatlari qonuniy va ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy kriminalistikada raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsiya tizimlarining (AFIS) roli, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni tezkor aniqlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Maqola yakunida biometrik identifikatsiya tizimlarini yanada takomillashtirish va milliy kriminalistika amaliyotiga innovatsion raqamli usullarni tatbiq etishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. 

daktiloskopiya, papillyar chiziqlar, kriminalistik identifikatsiya, rivojlanish tarixi, raqamli daktiloskopiya, AFIS, sun’iy intellekt, jinoyatchilikka qarshi kurash

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.