Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 11–17-betlar

MEROSNI QABUL QILISH VA UNDAN VOZ KECHISH TARTIBINING HUQUQIY TAHLILI: MILLIY VA QIYOSIY-HUQUQIY JIHATLAR

Ergasheva, Barchinoy

DOI: 10.5281/zenodo.20594057 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqida merosni qabul qilish va undan voz kechish institutlarining tizimli nazariy va amaliy tahliliga bag'ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi sudlarda meros munosabatlariga oid nizolarning ortib borayotgani hamda raqamlashtirish va integratsiya sharoitida protsessual tartiblarni modernizatsiya qilish zarurati bilan belgilanadi. Ishda milliy qonunchilikdagi voz kechishning qaytarilmasligi prinsipi, merosni amalda qabul qilish va kreditorlar huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq bo'shliqlar aniqlangan. AQSh (malakali voz kechish doktrinasi, "foydani qabul qilish" konsepsiyasi), Turkiya (to'lovga qobiliyatsizlik holatida avtomatik voz kechish — "Hukman Red"), Germaniya ("ipso iure" qabul qilish, voz kechishni nizolashish) va boshqa MDH davlatlarining ilg'or tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish asosida O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini isloh qilish bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, merosni inventar ro'yxati asosida qabul qilishni joriy etish, protsessual muddatlarni tabaqalashtirish, "raqamli meros"ni tartibga solish va huquqiy oqibatlarning majburiy notarial bayonnomasini joriy etish taklif qilingan bo'lib, bu merosxo'rlar va kreditorlar manfaatlarining muvozanatini ta'minlashga xizmat qiladi. 

meros huquqi, merosni qabul qilish, merosdan voz kechish, Hukman Red, universal huquqiy vorislik, raqamli meros, notarial amaliyot, kreditorlar huquqlari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.