Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 69–74-betlar

ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI DIPLOMATIK TERMINLARNING EKVIVALENTLIK MASALASI

Abdirashidova, Shohida

DOI: 10.5281/zenodo.20606794 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqola arab va o‘zbek tillaridagi diplomatik terminlarning ekvivalentligini qiyosiy-lingvistik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda diplomatik terminlar uch guruhga ajratilib, ularning semantik va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi: to‘liq ekvivalent, qisman ekvivalent va ekvivalentsiz terminlar. Shuningdek, terminlarning tarjima jarayonida yuzaga keladigan leksik-semantik qiyinchiliklar va ularni yengish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Arab va o‘zbek tillari lingvistik jihatdan tubdan farq qilsa-da, diplomatik terminologiyada o‘xshashliklar mavjudligi va ularning tarixiy, madaniy hamda siyosiy kontekstga bog‘liqligi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari terminologik tadqiqotlar va diplomatik diskursni o‘rganishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 

diplomatik termin, ekvivalentlik, tarjima, arab tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil, diplomatik diskurs, terminologiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.