Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 128–132-betlar
IKKI IZLI OSMA BORONALASH AGREGATI TAYANCH CHANG‘ISINING PARAMETRLARINI ANIQLASH
Qurbonov, Ermamat, Zhong, Weizhou
DOI: 10.5281/zenodo.20625349 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada ikki izli osma boronalash agregati tayanch chang‘isining asosiy konstruktiv va texnologik parametrlarini aniqlash masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tayanch chang‘ining agregatning harakat barqarorligi, ish chuqurligini bir me’yorda saqlash va tuproq yuzasi bilan o‘zaro ta’siri tahlil qilindi. Nazariy hisob-kitoblar hamda mexanik qonuniyatlar asosida tayanch chang‘ining optimal uzunligi, eni, tayanch yuzasi va joylashish parametrlarini aniqlash usullari ishlab chiqildi. Olingan natijalar agregatning dala sharoitidagi ishlash samaradorligini oshirish, tuproqqa tushadigan solishtirma bosimni kamaytirish va boronalash sifatini yaxshilash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi texnikalarini takomillashtirishda hamda yangi konstruksiyalarni loyihalashda amaliy ahamiyatga ega
ikki izli osma agregat, boronalash, tayanch chang‘i, konstruktiv parametrlar, tuproqqa bosim, ish chuqurligi, harakat barqarorligi, qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnologik jarayon, optimal parametrlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.