Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 99–103-betlar

XORIJIY DAVLATLARDA OLIY TA’LIM KO‘RGAZMALARINI TASHKIL ETISH: STRATEGIK IMKONIYATLAR, SAMARADORLIK VA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Toirov, Sh., Maxmudov, Sh., Abdurahmonov, N.

DOI: 10.5281/zenodo.20732388 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada xorijiy davlatlarda oliy ta’lim ko‘rgazmalarini tashkil etishning strategik ahamiyati, ularning ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish, xorijiy talabalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, 2025–2026-yillarda “Study in Uzbekistan” brendi ostida Qirg‘iziston, Xitoy, Ozarbayjon, Pokiston va Tojikistonda tashkil etilgan xalqaro ta’lim ko‘rgazmalari tajribasi umumlashtirilgan. Tadqiqot davomida ko‘rgazmalarning milliy ta’lim brendini targ‘ib qilish, akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va institutsional hamkorlikni mustahkamlashdagi samaradorligi baholangan. Tahlillar asosida xalqaro ta’lim ko‘rgazmalarining samaradorligini oshirish, yangi geografik bozorlarga chiqish, marketing strategiyalarini takomillashtirish hamda “Study in Uzbekistan” platformasining xalqaro raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

xalqaro ta’lim ko‘rgazmalari, oliy ta’limning internatsionallashuvi, Study in Uzbekistan, ta’lim eksporti, xorijiy talabalar, akademik mobillik, xalqaro hamkorlik, ta’lim diplomatiyasi, ta’lim marketingi, global ta’lim bozori, oliy ta’lim brendi, strategik hamkorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.