Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 10-son (2025) · 194–203-betlar
TURAR-JOY QURILISHIDA DAVLAT ISHTIROKINING NAZARIY ASOSLARI VA TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI
Xatamkulov, Bekzod
DOI: 10.70413/cajar-v03-i10-p3-001 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada turar-joy qurilishida davlat ishtirokining nazariy asoslari hamda tartibga solish mexanizmlarining shakllanishi, iqtisodiy mohiyati va institutsional o‘rni tahlil qilinadi. Davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi faqat qurilish bozorini muvozanatga keltirish emas, balki aholining turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlik tamoyillari asosida qondirishdir. Shu nuqtai nazardan maqolada davlatning ishtiroki orqali resurslarni samarali taqsimlash, investitsiya oqimlarini boshqarish hamda raqobatbardosh uy-joy bozorini shakllantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Nazariy model davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy rag‘batlantirish vositalari, xususiy sektor bilan hamkorlik shakllari va urbanizatsiya jarayonlari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlik asosida ishlab chiqiladi. Tadqiqotda davlat aralashuvining chegaralari, institutsional islohotlarning samaradorligi hamda uy-joy siyosatining hududiy tafovutlarni kamaytirishdagi roli asoslab beriladi
turar-joy qurilishi, davlat ishtiroki, tartibga solish mexanizmi, iqtisodiy model, institutsional islohot, uy-joy bozori, urbanizatsiya, davlat siyosati, barqaror rivojlanish, investitsiya oqimi, raqobatbardoshlik, ijtimoiy adolat, resurs taqsimoti..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.