Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 4–9-betlar

AFRIKA, YEVROPA VA LOTIN AMERIKASIDAGI XALQARO NIZOLARNI HAL QILISHDA MINTAQAVIY SUDLARNING ROLI

Nabiyev, Akram

DOI: 10.5281/zenodo.20798246 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada mintaqaviy sudlarning xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Afrika, Yevropa va Lotin Amerikasi mintaqalarida shakllangan sud organlarining huquqiy tabiati, vakolatlari, ish yuritish mexanizmlari va ularning davlatlar hamda nodavlat subyektlar o‘rtasidagi mojarolarni bartaraf etishga qo‘shgan hissasi qiyosiy yondashuv asosida yoritilgan. Maqolada Afrika Inson huquqlari sudi, Yevropa Inson huquqlari sudi, Yevropa Adliya sudi, Lotin Amerikasidagi Amerika Inson huquqlari sudi kabi asosiy institutlar faoliyati, ularning qarorlari, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mintaqaviy sudlar mojarolarni hal qilishning samarali mexanizmlaridan biri bo‘lib, ular xalqaro huquqning rivojlanishiga, inson huquqlarining himoyasiga va transmilliy integratsiya jarayonlariga sezilarli hissa qo‘shmoqda. 

mintaqaviy sudlar, xalqaro nizolar, nizolarni hal qilish mexanizmlari, xalqaro huquq, sud yurisdiksiyasi, mintaqaviy integratsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.