Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 31–35-betlar

ESHITUV IDROKINI RIVOJLANTIRISHDA KOMPYUTERLI KORREKSIYA

Atamirzayeva, Zebunniso

DOI: 10.5281/zenodo.20813697 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada eshituv idrokini rivojlantirishda kompyuterli korreksiya texnologiyalarining pedagogik va psixologik imkoniyatlari tahlil qilingan. Eshituv idroki eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqiy rivojlanishi, kommunikativ kompetentligi va ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatini belgilovchi muhim psixik funksiyalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi eshituv idrokini rivojlantirish uchun kompyuterlashtirilgan korreksion dasturlar, interaktiv treninglar va raqamli reabilitatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Tadqiqotda kompyuterli korreksiya texnologiyalarining eshituv differensiatsiyasi, fonematik idrok, nutqiy signallarni qayta ishlash va auditor diqqatni rivojlantirishga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy manbalarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, diagnostik baholash, eksperimental tadqiqot va monitoring metodlari asosida olib borilgan izlanishlar natijasida kompyuterli korreksiya vositalari eshituv idrokining rivojlanish sur’atlarini jadallashtirishi, nutqni qabul qilish aniqligini oshirishi va kommunikativ faollikni kuchaytirishi aniqlandi. 

eshituv idroki, kompyuterli korreksiya, fonematik idrok, auditor diqqat, eshituv differensiatsiyasi, koxlear implant, eshituv reabilitatsiyasi, neyropsixologik korreksiya, raqamli trening, interaktiv dasturlar, nutqni qabul qilish, kognitiv rivojlanish, korreksion pedagogika, assistiv texnologiyalar, eshituv tahlili

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.