Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 48–52-betlar
SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA ESHITUV-NUTQ KOʻNIKMALARI MONITORINGI
Atamirzayeva, Zebunniso
DOI: 10.5281/zenodo.20813804 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt asosida eshituv-nutq ko‘nikmalarini monitoring qilishning pedagogik, psixologik va texnologik imkoniyatlari tahlil qilingan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan hamda koxlear implantdan foydalanuvchi bolalarda eshituv va nutq rivojlanishini muntazam baholash korreksion-pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi eshituv-nutq ko‘nikmalarini real vaqt rejimida kuzatish, diagnostika qilish va rivojlanish dinamikasini avtomatik tahlil etish imkoniyatlarini yaratmoqda. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlarining nutqni tanib olish, eshituv reaksiyalarini qayd etish, individual rivojlanish trajektoriyalarini shakllantirish hamda korreksion dasturlar samaradorligini baholashdagi imkoniyatlari o‘rganildi. Ilmiy manbalarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, raqamli monitoring, ekspert baholash va eksperimental metodlar asosida olib borilgan tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalari eshituv-nutq rivojlanishini baholashning aniqligi va tezkorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, individual pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish, reabilitatsiya samaradorligini monitoring qilish va korreksion ta’lim sifatini oshirishda sun’iy intellektning muhim ahamiyati asoslandi.
sun’iy intellekt, eshituv-nutq ko‘nikmalari, monitoring, koxlear implant, nutqni tanib olish, machine learning, raqamli diagnostika, adaptiv baholash, korreksion pedagogika, inklyuziv ta’lim, ta’lim analitikasi, aqlli monitoring tizimi, eshituv reabilitatsiyasi, nutq rivojlanishi, avtomatlashtirilgan baholash, pedagogik texnologiyalar..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.