Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 71–74-betlar
TASHQI SIYOSATDA IQTISODIY SANKSIYALARNING O‘RNI VA SAMARADORLIGI (AQSH MISOLIDA)
Xudoyberganova, Dilnoza
DOI: 10.5281/zenodo.20824343 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada sanksiyalar siyosatining xalqaro munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati, xususan, AQShning ushbu vositadan tashqi siyosatda foydalanish amaliyoti tahlil qilinadi. Sanksiyalarning vujudga kelish tarixi, xalqaro huquqdagi mazmuni hamda davlatlar tashqi siyosatining muhim vositasi sifatidagi roli yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy sanksiyalarning maqsadlari, turlari, qo‘llash mexanizmlari va ularning siyosiy hamda iqtisodiy oqibatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda AQSh sanksiyalar siyosatining shakllanishi va uning xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish hamda geosiyosiy manfaatlarni ilgari surishdagi o‘rni tahlil etilgan. Natijada, sanksiyalar zamonaviy xalqaro munosabatlarning muhim instrumentlaridan biri bo‘lib, ularning samaradorligi siyosiy, iqtisodiy va xalqaro omillarga bog‘liq ekanligi asoslab berilgan.
sanksiyalar, sanksiyalar siyosati, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, xalqaro huquq, iqtisodiy bosim, xalqaro xavfsizlik, diplomatiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.