Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 98–101-betlar
RUDA KONLARIDA BURG‘ILASH VA PORTLATISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abdurahmonov, Bahodir
DOI: 10.5281/zenodo.20841500 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada yer osti usulida ruda konlarini qazib olish jarayonida burg‘ilash va portlatish ishlarining ahamiyati, zamonaviy texnologiyalari hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Rudani massivdan ajratib olish, maydalash va tashish jarayonlarining samaradorligi burg‘ilash va portlatish ishlarining sifatiga bog‘liqligi tahlil qilingan. Zamonaviy gidravlik va pnevmatik perforatorlar, o‘ziyurar burg‘ilash qurilmalari, skvajinali portlatish texnologiyalari hamda zaryadlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, portlatish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish, ruda yo‘qotilishini kamaytirish va qazib olish tannarxini pasaytirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari burg‘ilash va portlatish ishlarini avtomatlashtirish hamda raqamli boshqaruv texnologiyalarini joriy etish konchilik korxonalarining iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
Yer osti konchilik ishlari, ruda konlari, burg‘ilash ishlari, portlatish ishlari, skvajina, shpur, gidravlik perforator, pnevmatik perforator, skvajinali portlatish, portlovchi moddalar, zaryadlash mashinalari, mehnat unumdorligi, ruda yo‘qotilishi, konchilik texnologiyasi, avtomatlashtirish, xavfsizlik texnikasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.