Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 6-son (2026) · 46–48-betlar

SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA INSON MAS’ULIYATI: FALSAFIY-AXLOQIY TAHLIL

Mamadaliyeva, Feruza, Mamatmurodov, Azizbek

DOI: 10.5281/zenodo.21070148 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida inson mas’uliyati masalasi falsafiy-axloqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda texnologik taraqqiyotning inson erkinligi, axloqiy tanlov, ijtimoiy adolat va javobgarlik tushunchalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellekt mustaqil subyekt emas, balki inson tomonidan yaratilgan vosita sifatida talqin qilinadi. Shu sababli uning natijalari uchun mas’uliyatni algoritmga emas, balki uni yaratgan, joriy etgan va undan foydalangan inson hamda institutlarga yuklash zarurligi asoslanadi. Maqolada Aristotel, Kant, Hans Jonas kabi mutafakkirlarning axloqiy qarashlari zamonaviy texnologik muhit bilan bog‘langan holda tahlil qilinadi. Xulosa sifatida sun’iy intellektdan foydalanishda insonparvarlik, shaffoflik, adolat va mas’uliyat tamoyillari ustuvor bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi

sun’iy intellekt, mas’uliyat, axloq, falsafa, inson erkinligi, texnologiya, raqamli jamiyat, adolat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.