Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 7-son (2026) · 4–10-betlar

BALAND TOG‘ HUDUDLARIDA HARAKATLANISHNING PSIXOFIZIOLOGIK VA KOGNITIV JARAYONLARGA TA’SIRI: KOMPLEKS ILMIY TAHLIL

Shaymatov, J.N.

DOI: 10.5281/zenodo.21218398 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada baland tog‘li hududlarda (dengiz sathidan 2500 metrdan yuqori) harakatlanish va yashashning inson psixologiyasi hamda kognitiv funktsiyalariga ta’sirini har tomonlama tahlil qiladi. Gipobarik gipoksiya sharoitida miya faoliyatidagi o‘z garishlar, xotira, diqqat, qaror qabul qilish jarayonlarining pasayishi va hissiy holatlarning (eyforiya, depressiya, tajovuzkorlik) dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqotda Markaziy Osiyo (Pomir va Tyan-Shan) mintaqalaridagi etnik guruhlar va migratsiya qiluvchi aholi o'rtasidagi psixofiziologik farqlar, shuningdek, aklimatizatsiya strategiyalarining samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, baland tog‘li muhit nafaqat vaqtinchalik psixologik buzilishlarni, balki uzoq muddatli ta’sir natijasida miyaning strukturaviy o‘z garishlarini ham keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu tahlil alpinistlar, harbiy xizmatchilar va baland tog‘li hududlarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun amaliy tavsiyalarni o‘z  ichiga oladi.. 

baland tog‘ hududi, gipobarik gipoksiya, kognitiv funksiyalar, psixologik moslashuv, aklimatizatsiya, xotira, hissiy holat, Markaziy Osiyo, Markaziy asab tizimi, ruhiy salomatlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.