Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 7-son (2026) · 11–19-betlar
PASSIV QUYOSH TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI
Ahmadova, E’zoza, Soliyev, Tursunboy
DOI: 10.5281/zenodo.21235781 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ishda O‘zbekiston Respublikasida turar-joy binolarining energiya iste'moli holati hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish zarurati tahlil qilingan. Respublikamizda binolar sektori umumiy energiya iste'molining salmoqli qismini tashkil etishi va mavjud qurilish standartlarining energiya samaradorligi talablariga to‘liq javob bermasligi natijasida energiya sarfi rivojlangan mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan 2–2,5 baravar yuqori ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan quyosh energiyasidan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Aktiv va passiv quyosh isitish tizimlarining ishlash prinsiplari, ularning konstruktiv xususiyatlari va energiya samaradorligi tahlil qilingan. Passiv quyosh isitish tizimlarining bino konstruksiyalari yordamida quyosh energiyasini qabul qilish, to‘plash va tabiiy ravishda taqsimlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, passiv quyosh isitish tizimlarini qo‘llash orqali isitish uchun sarflanadigan energiya iste'molini sezilarli darajada kamaytirish va energiya resurslarini tejash imkoniyatlari asoslab berilgan.
quyosh energiyasi, passiv quyosh isitish tizimi, aktiv quyosh isitish tizimi, energiya samaradorligi, issiqlik energiyasi, shaffof to‘siqlar, issiqlik almashinuvi, issiqlik izolyatsiyasi, quyosh nurlanishi, issiqlik akkumulyatsiyasi, energiya tejash, turar-joy binolari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, konveksiya, konduktsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.