Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2026) · 111–113-betlar

PATOLOGIK O‘ZGARISHLARI BO‘LGAN BOLALARNING PSIXO-EMOTSIONAL HOLATINI YAXSHILASH VA IJTIMOIY ADAPTATSIYASINI JADALLASHTIRISHDA ADAPTIV JISMONIY TARBIYANING KONSEPTUAL ASOSLARI

Turǵanbaev, Miyribek

DOI: 10.5281/zenodo.21354978 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada turli patologik o‘zgarishlari bo‘lgan bolalarning ruhiy-emotsional barqarorligini ta’minlash, ulardagi ijtimoiy chetlanish (izolyatsiya) asoratlarini kamaytirish hamda jamiyatga integratsiyalashuvini tezlashtirishda adaptiv jismoniy tarbiya (AJT) tizimining o‘rni nazariy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada jismoniy reabilitatsiya vositalarining faqat motorikaga emas, balki bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlariga (o‘z-o‘zini baholash, motivatsiya, muloqot ko‘nikmalari) ko‘rsatadigan ta’sir mexanizmlari tahlil qilingan. Jamoaviy harakatli o‘yinlar, inklyuziv sport musobaqalari va adaptiv kineziterapiya usullarining bolalar sotsializatsiyasidagi pedagogik modeli taklif etilgan bo‘lib, u bolalarning mustaqil hayot faoliyatini va inkluziv jamiyatga qo‘shilish andozalarini nazariy jihatdan asoslab beradi. 

Adaptiv jismoniy tarbiya, psixo-emotsional holat, ijtimoiy adaptatsiya, sotsializatsiya, inkluziv ta’lim, o‘z-o‘zini baholash, muloqot, pedagogik integratsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.