Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 7-son (2026) · 115–118-betlar
IBN MĀLIKNING "ALFIYYA" ASARINING ILMIY TAHLILI: ARAB TILI NAHV-SARFINING SHE’RIY TIZIMGA SOLINGAN QOMUSI
Orifxonova, Soliha, Raximjanov, Masrur
DOI: 10.5281/zenodo.21427832 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqola arab tilshunosligi tarixidagi eng mashhur va eng ko‘p sharh yozilgan she’riy nahv-sarf asari — Ibn Mālikning "Alfiyya" (الألفية) asarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada Ibn Mālik haqida qisqacha biografik ma’lumot, "Alfiyya"ning yozilish maqsadi va uslubi, uning she’riy tuzilishi (bahri rajaz), mundarijasi hamda bu asarga yozilgan mashhur sharhlar (xususan Ibn Aqil va Ibn Hishomning sharhlari) izchil yoritilgan. Shuningdek, asarning nahv ta’limidagi o‘rni va uzoq muddatli ilmiy ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda tarixiy-tavsifiy va matn tahlili metodlaridan foydalanilgan.
Ibn Mālik,, Alfiyya, arab tili nahvi, bahri rajaz, Ibn ‘Aqīl, Ibn Hishām, she’riy grammatika, sarf-nahv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.