Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 7-son (2026) · 127–131-betlar
TURAR XONADONLARNI SOTISH JARAYONINI ONLAYN NAZORAT QILISH PLATFORMASINI LOYIHALASH: MIKROSERVISLAR ARXITEKTURASI, MA'LUMOTLAR BAZASI VA UI/UX METODOLOGIYASI
Xodjayev, Maksudbek, Ibragimov, Ulug'bek
DOI: 10.5281/zenodo.21455307 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada turar xonadonlarni sotish jarayonini onlayn nazorat qilish platformasining loyihalash metodologiyasi taqdim etilgan. Platforma 8 ta mustaqil mikroservisdan (Auth, Listing, Search, Transaction, Payment, Messaging, Analytics, Media) iborat arxitekturaga asoslangan. Texnologik stek sifatida React.js + Next.js 14 (frontend), NestJS (backend), PostgreSQL 16 + PostGIS (asosiy baza), ElasticSearch 8.12 (qidirish), Redis 7.2 (kesh), RabbitMQ (xabar navbat), Socket.IO (real-time) tanlangan. Ma'lumotlar bazasi 14 ta jadvaldan iborat bo'lib, 3NF normalizatsiya qoidalariga muvofiq loyihalangan. RESTful API OpenAPI 3.0 spetsifikatsiyasiga muvofiq 12 ta asosiy endpoint bilan ishlab chiqilgan. 50 nafar potentsial foydalanuvchi bilan o'tkazilgan intervyu natijasida firibgarlikdan himoya (4,9/5) va ishonchli narx ma'lumoti (4,8/5) eng yuqori ustuvorliklar sifatida aniqlangan. Tranzaksiya boshqaruvi moduli 9 ta holatli state machine asosida loyihalangan. Xavfsizlik tizimi JWT, OAuth 2.0, 2FA, TLS 1.3, KYC va escrow mexanizmlarini o'z ichiga oladi
mikroservislar arxitekturasi, React.js, Next.js, NestJS, PostgreSQL, PostGIS, ElasticSearch, Redis, RabbitMQ, Socket.IO, Docker, REST API, OpenAPI, JWT, OAuth 2.0, escrow, state machine, tranzaksiya boshqaruvi, UI/UX, Mobile-first, Tailwind CSS, RBAC, KYC.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.