Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 7-son (2026) · 159–163-betlar

TOK KO‘CHATLARINI KONTEYNER USULIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Raxmonberdiyeva, Maftuna

DOI: 10.5281/zenodo.21674263 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada tok qalamchalarini saqlash va ekishga tayyorlash texnologiyasining ilmiy-amaliy asoslari yoritilgan. Tok qalamchalarini tayyorlash, ularni saqlashning optimal sharoitlari, namlik va harorat rejimining qalamchalarning hayotchanligiga ta'siri, ekish oldidan bajariladigan agrotexnik tadbirlar hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari tahlil qilingan. Qalamchalarga mexanik ishlov berish, suvda ivitish, kilchyovka qilish va biologik preparatlardan foydalanishning ko‘chatlarning tutuvchanligi hamda ildiz tizimining rivojlanishiga ijobiy ta'siri ilmiy manbalar va amaliy tajribalar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari tok ko‘chatlarini yetishtirish samaradorligini oshirish, sifatli ko‘chatlar ulushini ko‘paytirish hamda uzumchilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish uchun muhim ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.. 

tok qalamchasi, uzumchilik, qalamcha saqlash, ekishga tayyorlash, kilchyovka, mexanik ishlov, tutuvchanlik, ildiz hosil bo‘lishi, agrotexnologiya, ko‘chat sifati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.