Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 19–25-betlar
VOYAGA YETMAGANLAR OʻRTASIDA GIYOHVANDLIK HUQUQBUZARLIKLARINING MAXSUS PROFILAKTIKASI
Madiraximova, Mohinur
DOI: 10.5281/zenodo.21870582 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikka oid qilmishlarning erta aniqlanmasligi huquqbuzarliklar zanjirini kuchaytiradi va profilaktika tizimining manzilli ishlashiga toʻsqinlik qiladi. Tadqiqotning maqsadi maxsus profilaktika choralarining huquqiy mazmunini ochish, ularning voyaga yetmaganlar bilan ishlashdagi oʻrnini aniqlash va probatsiya faoliyati bilan uygʻunlashuvini koʻrsatishdan iborat boʻldi. Metodologik asos sifatida huquqiy tahlil, qonunchilik sharhi, qiyosiy huquqshunoslik va sud amaliyotini oʻrganish qoʻllandi; normativ matnlar, idoraviy tartiblar va profilaktik ishga doir sud qarorlari mazmunan solishtirildi. Tahlil natijasida maxsus profilaktikaning eng samarali boʻgʻini erta aralashuv, individual profilaktik suhbat, taʼlim muassasasi bilan hamkorlik, oilaviy nazorat va probatsion kuzatuvning bir zanjirda ishlashi ekani aniqlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim tashkilotlari va mahalla institutining axborot almashuvi uzilgan joylarda takroriy huquqbuzarlik xavfi ortishi kuzatildi.
balogʻatga yetmaganlar, deliktlar, huquqiy tartibga solish, qiyosiy huquqshunoslik, probatsion nazorat, qarshi chora-tadbirlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.