Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 26–29-betlar
MARKAZIY OSIYODA ERKIN SAVDO HUDUDINI YARATISH ISTIQBOLLARI: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA STRATEGIK TAVSIYALAR
Artikova, Saodat
DOI: 10.5281/zenodo.21872925 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada bugungi murakkab geosiyosiy beqarorlik, global ta'minot zanjirlarining uzilishi hamda protektsionistik tamoyillarning kuchayishi sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari (O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston) o'rtasida Erkin savdo hududini (ESH) shakllantirishning iqtisodiy, huquqiy va strategik istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning hozirgi holati, o'zaro savdo hajmiga to'sqinlik qilayotgan bojxona-tarif va tarif bo'lmagan cheklovlar, transport-logistika infratuzilmasidagi uzilishlar atroflicha tadqiq etilgan. Shuningdek, yagona va to'liq faoliyat yurituvchi savdo rejimini yaratishning iqtisodiy afzalliklari — transchegaraviy savdo xarajatlarini arzonlashtirish, mintaqaviy qiymat zanjirlarini (Regional Value Chains) rivojlantirish va xorijiy sarmoyalar jozibadorligini oshirish imkoniyatlari ilmiy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Maqola yakunida mintaqada erkin savdo rejimini bosqichma-bosqich joriy etish, institutlararo muvofiqlashuvni ta'minlash hamda umumiy iqtisodiy makonni shakllantirish bo'yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Markaziy Osiyo, Erkin savdo hududi, mintaqaviy integratsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik, bojxona tariflari, investitsiya jozibadorligi, logistika koridorlari, sanoat kooperatsiyasi, YEOII, JST.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.