Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 106–111-betlar

SUN’IY INTELLEKT VA MATEMATIK-STATISTIK MODELLAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA YUQORI O‘LCHAMLI MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Xamdamova, Fotima

DOI: 10.5281/zenodo.21945574 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada yuqori o‘lchamli ma’lumotlarni tahlil qilish sharoitida sun’iy intellekt va matematik-statistik modellarni integratsiyalashning nazariy hamda konseptual asoslari yoritiladi. Tadqiqotning dolzarbligi o‘zgaruvchilar soni kuzatuvlar sonidan katta yoki unga yaqin bo‘lgan ma’lumotlarda klassik statistik usullarning cheklanishi, hisoblash murakkabligi va ishonchli inferensiya muammolari bilan asoslanadi. Mavjud ilmiy yondashuvlar tahlili asosida o‘lchamni kamaytirish, regularizatsiya, sparsity, statistik o‘rganish va sun’iy intellekt algoritmlarining o‘zaro to‘ldiruvchi imkoniyatlari tizimlashtiriladi. Natijada AI modellarining moslashuvchanligi bilan statistik modellashtirishning interpretatsiya, noaniqlikni baholash va nazariy asoslanganlik afzalliklarini birlashtiruvchi konseptual integratsiya modeli taklif etiladi. Mazkur yondashuv yuqori o‘lchamli ma’lumotlardan barqaror, izohlanadigan va ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar olish uchun metodologik yo‘nalish belgilaydi. Shuningdek, integratsiyaning afzalliklari, cheklovlari va istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlari aniqlanadi. 

sun’iy intellekt, yuqori o‘lchamli ma’lumotlar, matematik-statistik modellashtirish, statistik o‘rganish, o‘lchamni kamaytirish, regularizatsiya, statistik inferensiya, gibrid modellashtirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.