Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 143–152-betlar

KIBERFIRIBGAR SHAXSI: IJTIMOIY-DEMOGRAFIK, PSIXOLOGIK VA RAQAMLI XULQ-ATVOR XUSUSIYATLARINING KRIMINOLOGIK TAHLILI

Sattarov, Ja’surbek

DOI: 10.5281/zenodo.21989559 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan firibgarlik jinoyatlarida aybdor shaxsning kriminologik xususiyatlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning markaziy g‘oyasi shundan iboratki, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etuvchi shaxsni faqat “xaker”, “dasturchi” yoki yuqori texnik bilimga ega sub’ekt sifatida tushunish ilmiy jihatdan tor yondashuv hisoblanadi. Sud-tergov amaliyoti bunday shaxs ko‘p hollarda jabrlanuvchining ishonchiga kirish, uning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish, onlayn kredit, virtual karta, plastik karta yoki messenjer imkoniyatlaridan foydalanish, rasmiylik illyuziyasi yaratish hamda psixologik ta’sir o‘tkazish orqali mulkiy natijaga erishishini ko‘rsatadi. Maqolada jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik, motivatsion, ma’naviy-psixologik, raqamli-kompetentlik, guruhiy va viktimologik ta’sirga yo‘naltirilgan belgilari tahlil qilingan. Sud hukmlari asosida “raqamli vositachi”, “ijtimoiy muhandis”, “soxta rasmiy maqom yaratuvchi”, “opportunistik firibgar” va “rollar taqsimlangan guruhiy firibgar” tiplari ajratilgan

axborot texnologiyalari, firibgarlik, kiberfiribgar, jinoyatchi shaxsi, kriminologik portret, onlayn kredit, virtual karta, ijtimoiy muhandislik, soxta vakolat, viktimologiya, antifrod, raqamli profayling.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.