Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 170–176-betlar
OLIY TA’LIMNING INKLYUZIV MUHITIDA TYUTORLIK XIZMATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI
Ramazonova, Ruxsora
DOI: 10.70413/cajar-v04-i08-p1-028 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish sharoitida tyutorlik xizmati samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari nazariy hamda amaliy jihatdan keng tahlil qilingan. Tadqiqotda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan talabalarni (ATEGT) oliy ta’lim muhitiga psixologik-pedagogik, akademik va ijtimoiy moslashtirishda tyutorlarning o‘rni va ularning faoliyati natijaviyligini kvalimetrik hamda sifat ko‘rsatkichlari asosida baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan akademizm, ijtimoiy-psixologik integratsiya, kasbiy-metodik kompetentlik va infratuzilmaviy-kommunikativ yo‘nalishlar bo‘yicha aniq baholash mezonlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’limda inklyuziv madaniyatni shakllantirish va tyutorlik xizmatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
inklyuziv ta’lim, oliy ta’lim, tyutorlik xizmati, samaradorlik mezonlari, baholash ko‘rsatkichlari, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalar, psixologik-pedagogik kuzatuv, akademik moslashuv, kvalimetrik model.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.