Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 183–189-betlar
PEDAGOGIK TA’LIMDA VOLONTYORLIK FAOLIYATINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI
Gulmonova, Guli
DOI: 10.70413/cajar-v04-i08-p1-030 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada pedagogik ta’lim jarayonida volontyorlik faoliyatining tarbiyaviy imkoniyatlari, uning bo‘lajak pedagog shaxsini shakllantirishdagi o‘rni va pedagogik ahamiyati yoritilgan. Volontyorlik faoliyati talabalarning nafaqat ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, balki ularda insonparvarlik, mehr-oqibat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va fuqarolik pozitsiyasi kabi muhim shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, volontyorlik jarayonida talabalarning turli ijtimoiy guruhlar bilan muloqot qilishi, jamoada ishlashi, muammoli vaziyatlarga yechim topishi, o‘z tashabbuslarini ilgari surishi va jamiyat manfaatlari yo‘lida faol ishtirok etishi ularning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan. Maqolada pedagogik ta’lim muassasalarida volontyorlik faoliyatini maqsadli tashkil etish orqali bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy mas’uliyat, axloqiy qadriyatlar va kasbiy kompetentlikni uyg‘un shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Volontyorlik faoliyatini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan integratsiyalashning pedagogik shartlari hamda uning talabalarning ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari volontyorlik faoliyatidan pedagogik ta’limda tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiruvchi muhim pedagogik resurs sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.
pedagogik ta’lim, volontyorlik faoliyati, tarbiyaviy imkoniyatlar, bo‘lajak pedagog, ijtimoiy faollik, fuqarolik mas’uliyati, insonparvarlik, hamkorlik, tashabbuskorlik, kasbiy kompetentlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.