Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 8-son (2026) · 190–195-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTQAIL FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Gulmonova, Guli

DOI: 10.70413/cajar-v04-i08-p1-031 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchining tayyor bilimlarni o‘zlashtirishi bilan bir qatorda, mustaqil ravishda fikrlashi, o‘z nuqtayi nazarini shakllantirishi, berilgan muammoli vaziyatni tahlil qilishi, turli fikrlarni taqqoslashi, asoslangan xulosa chiqarishi va o‘z qarorini dalillar asosida ifodalashi muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish o‘quvchilarning keyingi ta’lim faoliyati va shaxsiy rivojlanishi uchun muhim pedagogik poydevor yaratadi.Tadqiqotda mustaqil fikrlash tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mazkur ko‘nikmani shakllantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar tahlil qilingan. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster, “B-B-B”, “Insert”, kichik guruhlarda ishlash, ijodiy topshiriqlar, mantiqiy savollar va didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarga tayyor javobni taqdim etish o‘rniga ularni izlanishga, savol berishga, o‘z fikrini asoslashga va turli yechimlarni mustaqil izlab topishga yo‘naltirishning ahamiyati asoslangan. 

mustaqil fikrlash, boshlang‘ich sinf, boshlang‘ich ta’lim, o‘quvchi faolligi, tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur, mustaqil ta’lim, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, bilish faoliyati, pedagogik yondashuv, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyat, o‘quv kompetensiyasi, ta’lim samaradorligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.