Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 4-son (2026) · 228–231-betlar

AYRIM XORIJIY MAMLAKATLARDA ADVOKATLIK FAOLIYATINI LITSENZIYALASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Gulmurodov, Firuzbek

DOI: 10.5281/zenodo.19846836 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ishda ayrim xorijiy davlatlar — Qozog‘iston, Moldova, Belarus va Armaniston Respublikalarida advokatlik faoliyatini litsenziyalash tizimining huquqiy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida litsenziya berish tartibi, malaka talablari, stajirovka va malaka imtihonlari, shuningdek advokatura institutining tashkiliy-huquqiy modeli o‘rganildi. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida advokatlik faoliyatini tartibga solishda davlat organlari va advokatlar professional birlashmalarining o‘rni hamda vakolatlari tahlil etildi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.