Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 1-jild 16-son (2024) · 159–162-betlar
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TAYANCH PUNKTLARIDAGI HAMKORLIKNING HUQUQIY ASOSLARI VA SAMARALI TASHKIL ETILISHI.
G‘aniyev, Farrux, G‘aniyeva, Gulandon, Otamurodov, Akbar
DOI: 10.5281/zenodo.14250259 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqola ichki ishlar organlari faoliyatining tubdan isloh qilinishi, hamkorlikning muhim roli va uning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan keng tahlilni taqdim etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar doirasida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, ichki ishlar organlari, davlat organlari va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining huquqiy ta’minlanishi, hamkorlik shakllari va turlari, ularning o’zaro axborot almashishi, rejalashtirish va qo’shma tadbirlar o’tkazishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatilgan. Ayniqsa, jamoatchilik bilan hamkorlikning boshqa hamkorlik turlaridan ustunligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi roli alohida ta’kidlanadi.Ma’lumki, tayanch punktlarining samarali faoliyat yuritishi uchun muvofiqlashtirilgan hamkorlik, aniq rejalashtirish, axborot almashish va barcha ishtirokchilarning o’zaro yordam berish zarurdir. Shuningdek, maqolada tahlil qilinganidek, hamkorlikning huquqiy tartibga solinishi va uning amalga oshirilishidagi samaradorlik, davlat va jamoatchilik tuzilmalarining o’zaro munosabatlarining muvaffaqiyatli rivojlanishiga olib keladi. Bularning barchasi ichki ishlar organlarining jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy elementlarga aylanishi mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.