Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 1-jild 17-son (2024) · 4–6-betlar
IOT TIZIMLARIDA IJROCHI QURILMALAR VA ULARNING HAYOTIMIZDAGI ROLI
Umarov, Bekzod, Abdullayeva, Dilfuzaxon
DOI: 10.5281/zenodo.14272156 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ijrochi qurrilmalar— bu mashina yoki tizimning bir qismi bo‘lib, mexanizm yoki tizimni harakatlantiradi yoki boshqaradi.U boshqaruv tizimi atrof-muhitga qanday ta’sir qilishini ta’minlovchi mexanizmdir. Ijrochi qurilma boshqaruv signalini va energiya manbasini talab qiladi. Boshqaruv signali qabul qilinganida, ijrochi qurilma energiyani mexanik harakatga aylantirib javob beradi.Boshqaruv tizimi oddiy (doimiy mexanik yoki elektron tizim), dasturiy ta’minotga asoslangan , inson yoki boshqa har qanday kirish bo‘lishi mumkin. Ijrochi qurilmalar IoT tizimlarida muhim o‘rin egallaydi, chunki ular turli sensorlar tomonidan olingan ma’lumotlarga asoslanib, jismoniy dunyoda harakatlarni amalga oshiradi. Masalan, aqlli uy tizimlarida chiroqlarni yoqish va o‘chirish, isitish va sovutish tizimlarini boshqarish, xavfsizlik kameralarini harakatlantirish kabi funksiyalarni bajaradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.