Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 1-son (2024) · 9–12-betlar

MEHNAT MUNOSABATLARIDA XOTIN-QIZLAR UCHUN IMTIYOZLAR

Nabijonova, Dilafruz

Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mehnat munosabatlarida xotin-qizlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va ularning huquqiy tahlili muhokama qilinadi. Mamlakatda gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, ayollarning mehnat bozoridagi o‘rnini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida xotin-qizlar uchun mehnat huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy yordamlarni taqdim etish bo‘yicha ko‘plab amaliy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, maqolada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarning samaradorligi ko‘rsatilgan. Maqola xotin-qizlar uchun yaratilingan imtiyozlar va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda O‘zbekistonning erishgan yutuqlarini yoritib beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.