Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 1-son (2025) · 7–11-betlar

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING O’ZGALAR MULKINI TALON-TAROJ QILISH BILAN BOG’LIQ JINOYATLARINING PROFILAKTIKASI

Nasulloyev, Zayniddin, G‘aniyev, Farrux

DOI: 10.5281/zenodo.14603902 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqola talonchilik jinoyatining profilaktikasini takomillashtirishga doir ilmiy tadqiqotlarni o‘rganib chiqadi. Maqolada talonchilik jinoyatlarining asosiy sabab va omillari, ularning jamiyatga ta'siri, shuningdek, ushbu jinoyatlarni kamaytirish va oldini olish uchun samarali profilaktika strategiyalari tahlil qilinadi. Talonchilik jinoyatining ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-psixologik va huquqiy asoslarini chuqur o‘rganish orqali maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishning kompleks yondashuvlari taklif etiladi. Talonchilik jinoyatlarining oldini olish uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni kuchaytirish, ta'lim tizimini rivojlantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqolada huquqni muhofaza qilish tizimini samarali tashkil etish, jinoyatni oldini olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mahalliy jamoalar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi amaliy tavsiyalar berilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.