Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 1-son (2025) · 82–85-betlar
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SHAXSNI HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI JINOYATLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI
Bekbaev, Doniyorbek, G‘aniyev, Farrux
DOI: 10.5281/zenodo.14607857 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasining muhim bir qismi sifatida shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotda viktimologiyaning asosiy tamoyillari va prinsiplariga asoslanib, shaxsni jinoyatga uchrash ehtimolini kamaytirish, jinoyatlarning oldini olish va ularni amalga oshirgan shaxslar bilan kurashish bo‘yicha usullar ko‘rib chiqiladi. Hayot va sog‘liqni tahdid qiluvchi jinoyatlar, shu jumladan, qotillik, yengil va og‘ir jarohatlar, zo‘rlash va boshqa jismoniy ta’sirlar ko‘rgan jinoyatlar alohida tahlil qilinadi. Viktimologik yondashuvda, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, fuqarolarni huquqiy tarbiyalash, ularning huquqlari va xavfsizligi haqida ongli tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va psixologik omillar, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy usullari hamda jinoyatlarning oldini olishdagi yangi yondashuvlar muhokama qilinadi. Natijada, ushbu ishlanma hayot va sog‘liqni himoya qilish, jinoyatlarning oldini olish va ularning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.