Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 10-son (2025) · 59–62-betlar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA SINGAPUR METODIKASI VA KOMPLAYENS – NAZORATI

UMARALIYEV, HOJIAKBAR

DOI: 10.5281/zenodo.17320848 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Singapur davlatining korrupsiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatli tajribasi hamda zamonaviy davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi “Komplayens – nazorat” tizimining ahamiyati tahlil qilinadi. Singapurning mustaqillikka erishgan dastlabki yillarida yuzaga kelgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va keng tarqalgan korrupsiyaga qarshi sobiq Bosh vazir Li Kuan Yu rahbarligida joriy etilgan qat’iy siyosiy islohotlar, mustaqil nazorat organlari, kuchli huquqiy bazalar va shaffof boshqaruv tamoyillari asosida samarali kurashish modeli yaratildi. Shu bilan birga, maqola “Komplayens – nazorat” tizimining davlat va xususiy sektor faoliyatida korrupsiya xavfini oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar ko‘rish va xalqaro hamda milliy qonunchilik asosida samarali boshqaruvni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Ushbu tizim, o‘z navbatida, tashkilotlarda shaffoflikni oshirish, xodimlarda murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashda milliy va xalqaro standartlarga muvofiq amaliy model sifatida xizmat qiladi. Singapurning tajribasi va “Komplayens – nazorat” tizimi boshqa davlatlar uchun samarali korrupsiyaga qarshi strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.