Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 10-son (2025) · 88–93-betlar
INSON TANA QISMLARINING LOTINCHA NOMLANISHI VA ULARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Mamajonova, Sarvinoz, Nasriddinova, Yorqinoy
DOI: 10.5281/zenodo.17357059 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada inson tana qismlarining lotincha nomlanishi, ularning kelib chiqishi, ma’nosi hamda zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni yoritilgan. Lotin tili qadimdan tibbiyot fanining asosiy ilmiy tili bo‘lib kelgan. Shuning uchun anatomiya, fiziologiya, patologiya kabi yo‘nalishlarda ishlatiladigan terminlarning aksariyati lotin tilidan olingan. Maqolada inson tana qismlarining lotincha nomlari nafaqat ularni oson eslab qolish, balki xalqaro miqyosda yagona tibbiy tushuncha yaratishdagi ahamiyati bilan tahlil qilinadi. Lotin terminlarini to‘g‘ri qo‘llash shifokor va talaba uchun nafaqat ilmiy saviyani oshiradi, balki kasbiy muloqotni aniq va to‘g‘ri yuritishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada lotin tili asosidagi anatomiya atamalari tibbiyot ta’limida, klinik amaliyotda va xalqaro tibbiy aloqalarda qanday rol o‘ynashi haqida fikr yuritilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.