Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 10-son (2025) · 109–114-betlar
ALOE O’SIMLIGINING FOYDALI SIRLARI
Toxirjonova, Ziyodaxon
DOI: 10.5281/zenodo.17395906 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada qadimdan shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan aloe o‘simligi (Aloe vera) haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot davomida aloe bargida mavjud bo‘lgan tabiiy moddalar — vitaminlar (A, C, E, B guruhi), fermentlar, aminokislotalar, polisaxaridlar va minerallar — inson organizmiga ko‘rsatadigan foydali ta’siri o‘rganiladi. Maqolada aloesa o‘simligining tibbiyot, xalq tabobati va kosmetologiya sohalaridagi keng qo‘llanishi yoritiladi.Aloe sharbati va ekstraktlari terini tiklash, yallig‘lanishni kamaytirish, immunitetni mustahkamlash hamda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashda samarali vosita sifatida tanilgan. Shuningdek, aloe o‘simligi tarkibidagi tabiiy antioksidantlar organizmdan zararli moddalarning chiqishiga yordam beradi, hujayralarni yoshartiradi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi.Maqola natijalariga ko‘ra, aloe o‘simligidan tayyorlanadigan mahsulotlarni dorivor vosita sifatida qo‘llash nafaqat sog‘liqni saqlash, balki tabiiy kosmetika sanoatida ham istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois, aloe o‘simligini ilmiy asosda o‘rganish va uni xalq amaliyotida keng qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.