Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 10-son (2025) · 172–175-betlar
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING TEZKOR-QIDIRUV XIZMATLARI BILAN HAMKORLIGI
Atajanov, O‘tkir, Sitimova, Mahliyo
DOI: 10.5281/zenodo.17413529 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi o‘rni, xususan uning tezkor-qidiruv xizmatlari bilan samarali hamkorligi tahlil qilinadi. Profilaktika inspektori faoliyatining huquqiy asoslari, amaliy vazifalari va ularning ichki ishlar organlari tizimidagi o‘zaro aloqasi yoritiladi. Tezkor-qidiruv xizmatlari bilan o‘zaro axborot almashinuvi, profilaktik tadbirlarning rejalashtirilishi va amalga oshirilishidagi muvofiqlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, xalqaro tajriba asosida ushbu hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot jinoyatlarning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda profilaktika inspektori hamda tezkor-qidiruv xizmatlari o‘rtasidagi integratsiyalashgan yondashuvning dolzarbligini asoslaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.