Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 4-son (2025) · 83–88-betlar
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING REFLEKTIV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA AKMEOLOGIK YONDASHUV
Ravshanova, Mohinur
DOI: 10.5281/zenodo.15187143 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning reflektiv faoliyatini rivojlantirishda akmeologik yondashuvning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Refleksiya – bu o‘z faoliyati, qarorlari va ularning oqibatlarini tahlil qilish, anglash hamda o‘z-o‘zini takomillashtirishga yo‘naltirilgan murakkab psixologik jarayondir. Akmeologik yondashuv esa shaxsning eng yuqori rivojlanish cho‘qqisiga erishishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik konsepsiyadir. Mazkur maqolada ushbu ikki tushuncha o‘zaro uyg‘unlashgan holda ko‘rib chiqilib, o‘qituvchilik kasbining psixologik-pedagogik xususiyatlari, reflektiv kompetensiyani shakllantirish bosqichlari va metodlari, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida bu jarayonni samarali yo‘lga qo‘yishning innovatsion usullari yoritiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning reflektiv faoliyatini aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuvlar va empirik tadqiqot natijalariga asoslangan tahlillar keltiriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.