Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 5-son (2025) · 146–149-betlar
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FE’L YASALISHI BORASIDA BA’ZI ILMIY MULOHAZALAR
Ro‘ziqulov, Shohruh, Mamatqulov, Azizbek, Egamov, Umid
DOI: 10.5281/zenodo.15386840 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Tilshunoslik fanining o‘rganilishi sistematik ravishda amalga oshirilmoqda, jumladan, bo‘limlarga ajratish, turkumlarni aniqlash, kategoriyalarga bo‘lish, guruhlarga ajratish va nihoyat oppozitsiyada turgan holatlarni baholash kabilar. Demak, so‘z yasalishi ham bundan mustasno emas, chunki so‘z asosi bilan yasovchi o‘rtasidagi munosabat bu jarayonni asoslab beradi. Darhaqiqat, tilshunoslik fani tarixidan to bugungi kungacha bo‘lgan davrda so‘z yasalishi bo‘yicha turlicha qarashlar, fikrlar bildirilib kelinmoqda. Jumladan, turkiy tillarga oid fe’l yasalishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada taniqli tilshunos olimlarning fe’l yasalishi bilan bog‘liq munozarali masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganligi va o‘zining ilmiy qarashlari bilan fe’l yasalishiga doir xulosalar berganligiga guvoh bo‘lamiz.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.