Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 5-son (2025) · 185–191-betlar
O‘ZBEK TILIDA LEKSEMALARGA AN’ANAVIY QARASHLARNING O‘RNI.
O‘razov, Alisher, Axrorov, Alisher, Mamaraximov, Sirojiddin
DOI: 10.5281/zenodo.15387359 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O‘zbek tilshunosligi tarixi murakkab tarixiy jarayonlarni o‘z boshidan kechirdiki, uning taraqqiyoti bosqichlarini keng ko‘lamda ilmiy o‘rganish fan oldida turgan eng asosiy masala hisoblanadi. Til birliklaridan leksemada(so‘zda) milliylik, spesifiklik ko‘proq ekanligi ma’lum. Shuning uchun ham dunyo tilshunosligida so‘zga xos xususiyatlar va uning tatqiqi masalasi uzoq davrlardan beri o‘rganib kelinadi, xususan, o‘zbek tilshunosligida ham. Bu esa bizga dunyo tillari tarixi hamda o‘zbek tilshunosligining tarixidan ma’lum. Jumladan, tilimizning yaqin o‘tmishiga nazar tashlaganimizda, bugungi kundagi zamonaviy o‘zbek tilshunosligining leksikologiya bo‘limi bo‘lim sifatida shakllanishi XX asrning birinchi choragidan boshlanganligining guvohi bo‘lamiz. O‘zbek tili leksikologiyasini jiddiy ilmiy tatqiq qilish, o‘zbek tili lug‘at boyligini, ya’ni leksik qatlamini tahlil qilish ishlari bilan bog‘liq tatqiqotlar doimo olib borilishi kerak. Tilning sofligiga e’tibor bergani holda, so‘z o‘zlashtirishda ma’lum bir filtrning bo‘lishi, ya’ni shu so‘zning tilda mavjud muqobilini qidirish yoki kalkalash kerakligi tilshunoslar tomonidan ta’kidlanadi. Shunday ekan, jamiyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tilda so‘z(leksema) ni lisoniy va nolisoniy tatqiq qilish asosiy planda turadi. Shuni ta’kidlash kerakki, tilda so‘zning eskirish yoki yangilanish hodisasi bo‘lar ekan, tilshunoslik jamiyat bilan o‘zaro hamohang tarza taraqqiy etib borar ekan, leksikologiyani ilmiy tatqiq qilish jarayoni hech qachon to‘xtab qolmaydi. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida sistem leksikologiya har tomonlama taraqqiy etib borar ekan, leksemani har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish ham ortib bormoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.