Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 7-son (2025) · 21–26-betlar
BUXORO XONI IMOMQULIXON VA BOSHQA NUFUZLI ASHTARXONIY HUKMDORLARNING JO‘YBOR SHAYXLARI BILAN MUNOSABATLARI
Sulaymonov, Boburjon
DOI: 10.5281/zenodo.15852202 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Buxoro xonligida Jo‘ybor shayxlarining siyosiy maydonga chiqish holatlari Shayboniy hukmdor Abdullaxon II hukmronligi davrida (1556 – 1598) boshlanganligini bilamiz. Abdullaxon II hokimiyat tepasiga kelishida Jo‘ybor shayxi Muhammad Islom va uning o‘g‘li Abubakr Sa’dlarning katta xizmatlari bo‘lgan va xon umri davomida ularga yaxshi munosabatda bo‘lib, juda ko‘p inomlar bergan. Bu ishlarni Ashtarxoniy hukmdorlardan Imomqulixon va yana bir necha hukmdorlar keng miqyosda davom ettirishdi. Buxoro xonligida katta mavqega ega bo‘lgan Jo‘ybor shayxlari bilan olib borilgan yaqin munosabatlar xonlikning ichki ziddiyatlarsiz, markazlashgan yirik davlatga aylanishiga turtki bo‘ldi va mamlakat hududida nisbatan tinchlik saqlanib qoldi. Quyidagi maqola “bu qanday shakllandi, bu kabi yaqin munosabatlar xonlikda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi va oqibati qanday yakun topdi?” degan savollarga javob beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.