Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 7-son (2025) · 27–31-betlar

VERTUAL OLAMGA QARAMLIKNING XUSUSIYATLARI

Fozilova, Shalola

DOI: 10.5281/zenodo.15869820 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan virtual olamga qaramlik-bu jamiyat va shaxs salomatligi uchun katta xavf tugʻdiruvchi global muammoga aylanmoqda. Ushbu tadqiqot virtual qaramlikning psixologik xususiyatlarini (masalan, ijtimoiy izolyatsiya, hissiy beqarorlik, internet-baʼzilik sindromi) va ularga taʼsir etuvchi omillarni (yosh, jins, virtual faoliyat turi) Oʻzbekiston kontekstida oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda 2022–2023 yillarda 400 nafar (15–35 yosh) ishtirokchida oʻtkazilgan soʻrov, klinik psixologlar bilan intervyular va “Internet qaramligi testi” (IAT) asosidagi baholash usullari qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, respondentlarning 30% klinik darajada qaramlik belgilariga ega, 55% esa oʻrtacha darajadagi alomatlarni bildiradi. Qaramlik darajasi bilan depressiya (r=0.62), kayfiyat oʻzgarishi (r=0.58) va ijtimoiy fobiya (r=0.45) oʻrtasida kuchli bogʻliqlik aniqlandi. Xulosa qilib, virtual muhitning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun psixoprofilaktika dasturlarini joriy etish, raqamli madaniyatni shakllantirish va qonuniy tartibga solish tavsiya etiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.