Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 7-son (2025) · 103–106-betlar

YOSHLARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH: O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR VA YONDASHUVLAR

G‘aniyev, Elyor

DOI: 10.5281/zenodo.16400900 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadi. “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida adliya organlari, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilinadi. Maqolada huquqiy targ‘ibot tadbirlari, “Tengdoshimga huquqiy yordam” aksiyalari, huquqshunoslik kasbining obro‘sini oshirish, onlayn huquqiy savodxonlik maktabi va “Huquqiy bilimlar oyligi” kabi tashabbuslarning ahamiyati yoritilgan hamda olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda amaliy va nazariy yondashuvlarning muhimligi ta’kidlanadi. Maqola yoshlarning qonunga itoatkorligi, vatanparvarlik tuyg‘ulari va ijtimoiy faolligini oshirish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.