Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 6-son (2025) · 78–83-betlar
APIS MELLIFERA XITOZAN VA KARBOKSIMETIL XITOZAN BILAN ARALASH TOLALI MATOLARNI PARDOZLASH
Sh.B., Qo'chqorov, J.M., Sharopov
DOI: 10.5281/zenodo.15723170 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
2010–2025-yillar davomidagi ilmiy maqolalar sharhida Apis mellifera asalari podmoridan olingan xitozan va uning karboksimetil hosilasi (KM-xitozan) yordamida aralash tolali (masalan, paxta-poliefir, paxta-ipak) matolarga ishlov berish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Xususan, bunday biopolimer pardoz matolarga antibakterial, zamburug‘larga qarshi va bo‘yovchanlik xususiyatlarini berib, shu bilan birga ularning fizik-mexanik mustahkamligini oshirishi aniqlangan. Sharhda mavjud ilmiy manbalardagi metodologiyalar, olingan natijalar va kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar ilmiy uslubda muhokama qilinadi. Asosiy e’tibor asalarilardan olingan xitozan va karboksimetil-xitozan bilan matolarga pardoz berish hamda bu pardozning mato mustahkamligi, cho‘ziluvchanligi kabi fizik-mexanik xossalariga ta’siriga qaratilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.