Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 11-son (2025) · 66–68-betlar
PROBATSIYA NAZORATI OSTIDAGI SHAXSLARNING XULQ-ATVORINI BAHOLASH MEZONLARI VA TARTIBI
Shoxrux, Qushboqov, Diyorbek, Xudoyorov
DOI: 10.5281/zenodo.17678074 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning xulq-atvorini baholashning nazariy-huquqiy asoslari, amaldagi tartib-qoidalari va takomillashtirish yo‘nalishlari chuqur tahlil qilinadi. “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning 27–29-moddalari va 2025 yil statistik ma’lumotlari (87 685 nafar nazoratdagi shaxs, 78 % to‘liq tuzalish ko‘rsatkichi, 10 ishga joylashtirish tadbirlari va boshqalar) asosida baholash jarayonidagi subyektivlik muammolari ko‘rsatib o‘tiladi. Xalqaro Risk-Needs-Responsivity (RNR) modeliga asoslangan 100 ballik standartlashtirilgan baholash tizimi taklif etilib, majburiyatlarni bajarish (40 ball), ijtimoiy moslashuv (30 ball), huquqiy intizom (20 ball) va psixologik-motivatsion holat (10 ball) kabi to‘rt blokdan iborat mezonlar batafsil bayon qilinadi. Baholashning uch bosqichli (dastlabki, davriy, yakuniy) tartibi va “E-Probatsiya” axborot tizimida avtomatik baholash modulini joriy etish zaruriyati asoslanadi. Taklif etilgan choralar probatsiya tizimining samaradorligini oshirish va qayta jinoyatchilikni kamaytirishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.