Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 11-son (2025) · 148–151-betlar

GIDROSEFALIYANING PATOGENEZI VA ZAMONAVIY NEYROXIRURGIYA DAVOLASH YONDASHUVLARI

Shahnoza, Egamnazarova, Mirzoulug'bek, Tojiddinov

DOI: 10.5281/zenodo.17695669 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

 Maqolada gidrosefaliya kasalligiga zamonaviy tibbiy va neyroxirurgik nuqtayi nazardan yondashilgan. Ushbu kasallik markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan kechib, miya qorinchalarida va subaraxnoidal bo‘shliqlarda miya suyuqligining likvor me’yordan ortiqcha to‘planishi natijasida vujudga keladi. Natijada miya bosimi oshib, neyron hujayralarda ishemik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi. Maqolada gidrosefaliyaning asosiy etiologik omillari, rivojlanish mexanizmlari, morfologik o‘zgarishlari hamda kasallikni tashxislashda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar tahlil qilingan. Shuningdek, ventrikulo-peritoneal shunt, endoskopik uchinchi ventrikulostomiya  ETV va mikroinvaziv neyroxirurgik operatsiyalar kabi davolash usullarining afzalliklari va klinik natijalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari gidrosefaliyaning erta tashxisi, kompleks davolash choralari va reabilitatsiya muolajalarining ahamiyatini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.