Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 11-son (2025) · 197–199-betlar
IJODNI ANGLASH BAXTI. "BUYUKLARIMIZ BAG'RIMIZGA QAYTDI" MAQOLASI TAHLILI.
Sarvinoz, Abduraxmonova
DOI: 10.5281/zenodo.17724914 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Ozod Sharafiddinovning “Buyuklarimiz bag‘rimizga qaytdi” maqolasi asosida mustaqillik yillarida milliy adabiyotga, tarixiy adolatga va ma’naviy tiklanishga qaratilgan jarayonlar tahlil qilinadi. Adibning teran mulohazalari orqali sovet davrida taqiqlangan Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy kabi ijodkorlarning oqlanishi, ularning merosining xalqqa qaytarilishi milliy uyg‘onishning asosiy omili sifatida yoritiladi. Maqola mustaqillikning ma’naviy mazmuni, milliy o‘zlikning tiklanishi, adabiy merosning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni kabi masalalarni ilmiy-nazariy asosda ochib beradi. Sharafiddinovning fikricha, buyuk adiblar merosiga qaytish xalqning ruhiy uyg‘onishini, ma’naviy poydevorining mustahkamlanishini ta’minlaydigan bebaho jarayondir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.