Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 2-jild 12-son (2025) · 114–119-betlar

REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA BACHADON MIOMASINING KELIB CHIQISH SABABLARI, DAVOLASH USULLARI, DEMOGRAFIK DINAMIKALARI, XAVF OMILLARI VA REGIONLARARO EPIDEMIOLOGIK TAFOVUTLARI

Mavludaxon, Yuldasheva, Xalimaxon, Akramjonova

DOI: 10.5281/zenodo.17856885 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan bachadon miomasining demografik dinamikalari, asosiy xavf omillari hamda dunyo mamlakatlari va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi epidemiologik tafovutlar tahlil qilinadi. Mioma ayollar salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi, global miqyosda keng tarqalgan ginekologik kasallik bo‘lib, uning rivojlanishiga yosh, irsiyat, gormonal muvozanat, antropometrik ko‘rsatkichlar, reproduktiv tarix va hayot tarzi kabi bir qator omillar sabab bo‘ladi. Tadqiqotda turli mintaqalarda mioma uchrash tezligining farqlanishiga demografik tarkib, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi, tashxis imkoniyatlari, ekologik sharoit va ijtimoiy omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston misolida aholining reproduktiv salomatlik ko‘rsatkichlari, hududlararo statistik tafovutlar va oxirgi yillarda kuzatilayotgan epidemiologik o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola miomaning erta tashxislanishi, profilaktik yondashuvlar va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishda ilmiy asoslangan strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim xulosalar beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.