Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 1-son (2026) · 74–76-betlar

YOSHLAR ORASIDA BIRINCHI MARTA STENOKARDIYA ANIQLANGANDA KARDIOMETABOLIK OMILLAR VA SIMPATO-ADRENAL TIZIM FUNKSIONAL BUZILISHLARI O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK VA RIVOJLANISH PROGNOZI

Faxriddin, Isaqov, Hursandbek, Ergashaliyev, Dilhushbek, Abdujabborov

DOI: 10.5281/zenodo.18333637 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

 Mazkur maqolada yoshlar orasida birinchi marta stenokardiya aniqlanganda kardiometabolik omillar va simpato-adrenal tizim funksional buzilishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot kliniko-biokimyoviy va neyrogormonal yondashuv asosida olib borilib, Andijon viloyatida yashovchi 19–44 yoshdagi 20 nafar bemor o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, stenokardiya bilan kasallangan yosh bemorlarda insulinga rezistentlik, dislipidemiya, giperurikemiya, ortiqcha tana massasi va katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) darajasining oshishi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ushbu o‘zgarishlar simpato-adrenal tizimning gipertonik holatga o‘tishiga, yurak ishemik kasalligini erta rivojlanishiga va metabolik disbalansning chuqurlashishiga olib keladi. Olingan natijalar stenokardiyaning erta prognozida kardiometabolik va neyrogormonal markerlarni baholash zarurligini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.