Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 2-son (2026) · 76–78-betlar

ZAMONAVIY O'ZBEK ADABIYOTIDA QAHRAMON XARAKTERLARINI TAHLIL QILISH

Rayhona, Ruzmurodova

DOI: 10.5281/zenodo.18671649 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ish zamonaviy o‘zbek adabiyotida qahramon xarakterini yaratish va badiiy tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan. Unda mustaqillik davri adabiyotida shakllangan yangi qahramon tipi, uning ruhiy-psixologik holati, ijtimoiy muhit bilan munosabati, ichki ziddiyatlari va individual dunyoqarashi keng yoritiladi. Tadqiqot davomida zamonaviy adabiyotda qahramon obrazining an’anaviy qahramonlardan farqli jihatlari, real hayotga yaqinlashuvi, ichki monolog, psixologik tasvir, ramziy ifoda va muallif pozitsiyasining kuchayishi kabi xususiyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy o‘zbek nasri va she’riyatida qahramon xarakteri orqali jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muammolar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, zamon va inson munosabati badiiy talqin etilishi ochib beriladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.