Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 2-son (2026) · 115–118-betlar
TASHBEH SAN'ATI VA UNING TURLARI
Dilmurod, Almardanov
DOI: 10.5281/zenodo.18722444 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada badiiy adabiyotning muhim tasviriy vositasi bo‘lgan tashbeh (o‘xshatish) san’atining mohiyati, uning tarkibiy qismlari va turlari balog‘at ilmi qoidalari asosida tahlil qilingan. Maqolada tashbehning to‘rt rukni — mushabbah, mushabbah bihi, vajhi shabah va vositaning o‘zaro bog‘liqligi misollar yordamida yoritib berilgan. Shuningdek, tasvir ob’ektlarining tabiatiga ko‘ra tashbehning to‘rt turi (hissiy-hissiy, ma’naviy-ma’naviy, hissiy-ma’naviy, ma’naviy-hissiy) Alisher Navoiy, Najib Kiyloniy kabi adiblarning asarlari hamda arab mumtoz she’riyati namunalari orqali batafsil tahlil etilgan. Maqola so‘ngida tashbehning inson tafakkuri va millat dunyoqarashini ifodalashdagi falsafiy ahamiyati yuzasidan xulosalar berilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.